“Mikrokreditlash asoslari” kursi mikrokorxonalarga xizmat ko`rsatish bo`yicha faoliyat yurituvchi moliya muassasalarining xodimlari uchun mo`ljallangan.
Mavzuga oid kurs ma`lumot to`plash, qayta ishlash va tahlil qilish, ma`lumotlarni qayta tekshirish, xulosalarni shakllantirish va mijozning asl (real) moliyaviy holatini baholash kabi mavzular bo`yicha bilimlarni berishga qaratilgan.
Ishtirokchilar ushbu kursni o`qib tugatganlaridan keyin quyidagilarni o`rganadilar:
- mikrokorxonalarning asosiy xususiyatlarini tushunish, bu ularga biznesni sifatli tahlil qilishda yordam berish;
- ma`lumotlarni yig`ish va olish uslubuiyatidan foydalanish;
- tahlil jarayonida olingan Balans, Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot, Cash Flow (Pul Oqimi), koeffitsientlar ma`lumotlarini aks ettirish va qayta ishlash uchun asosiy moliyaviy hisobotlardan foydalanish;
- mikro segment mijozlarining biznes faoliyatini baholash uchun zarur bo`lgan moliyaviy hisobotlarni: Balans, Foyda va zararlar to`g`risidagi hisobot, Cash Flow (Pul Oqimi) hisobotlarini tuzish;
- ma`lumotlarning kesishgan tekshiruvini va qiyosiy tahlilni o`tkazish;
- qarzdorlik monitoringini o`z vaqtida va sifatli o`tkazish.
Kursda mavzularni nazariy bloklar, video va audio materiallar, interfaol animatsiyalar, amaliy misollarni ko`rib chiqish, mavzular bo`yicha o`z-o`zini tekshirish uchun topshiriqlar va darslarda yoritilgan hisobot shakllarini onlayn to`ldirish ko`zda tutilgan.
Kurs 7 ta mavzuni o`z ichiga olgan 12 ta darsdan iborat.Kursning o`rtacha davomiyligi 6-8 hafta. Darslar o`rtacha 45 daqiqalik ish uchun mo`ljallangan. Haftada bir, ko`pi bilan ikkita darsni o`rganish tavsiya etiladi.