Ehtimol, siz kommunikatsiya bo'yicha trening nima uchun kerak ekanligiga qiziqayotgandirsiz. Axir, barchamiz deyarli butun hayotimizni muloqotda o'tkazamiz va shuning uchun biz buni qanday qilishni bilamiz deb o'ylaymiz.

Biroq, u yoki bu shaklda muloqot ko'nikmalarini o'rgatish moliya muassasalari xodimlari treningning o'tishi kerak bo'lgan majburiy qismidir. Bu nima uchun kerak?

Sababi oddiy: hammamiz har kuni muloqot qilsak ham, bu hammamiz bir xil darajada yaxshi va samarali muloqot qilamiz degani emas. Ko'pchiligingiz bolaligingizda «buzilgan telefon» o`yinini o'ynagansiz va deyarli hamma sizning so'zlaringiz yoki tashqi ko'rinishingiz noto'g'ri tushunilgan va talqin qilingan vaziyatlarga duch kelgan.

Moliya muassasidagi ishingizning bir qismi – bu mijozlar bilan ishlash. Bu oddiy ko'rinadi, lekin aslida - siz tushungan bo`lsangiz kerak – mijozlar bilan samarali muloqot birinchi qarashda ko'ringanidan ancha murakkab.

Ushbu kursning maqsadi – muvaffaqiyatli va samarali muloqot uchun muhim bo'lgan muloqot asoslari to'g'risida xabardorligingizni oshirish.

Kurs oxirida siz boshqalar bilan qanday qilib munosabatlarni o'rnatish, tushunmovchiliklarni chetlab o`tishni yaxshiroq tushunasiz va ma'lumotni samarali qabul qilish va muloqot qilishning turli usullarini o'rganasiz.

Shubhasiz, kommunikatsiya tamoyillari tabiatan o`z mohiyatiga ko`ra universaldir, shuning uchun ularni ushbu kurs doirasida o'rganib chiqib, siz ularni nafaqat ishingizda, balki muloqotning barcha vaziyatlarida ham ishlatishingiz mumkin.
Kursni o'rganishning o'rtacha davomiyligi 2-3 hafta. Darslar o'rtacha 45 daqiqalik ish uchun mo'ljallangan. Haftada bitta, ko'pi bilan ikkita darsni o'rganish tavsiya etiladi.