Kim yaxshi «Taqdimotchi» bo`lishi kerak? Kim o`zi haqida professional, ammo iliq taassurot qoldirishi kerak? Savollarga samimiy, qisqa va tushunarli tarzda kim javob bera olishi kerak? Va birinchi navbatda kim yaxshi tinglovchi bo`lishi kerak?
Bu kredit mutaxassisi, mijozlar menejeri va potensial mijozlarni topish va dastlabki tanlash uchun mas`ul bo`lgan boshqa xodimlar.
Majburiy shart: ushbu kursni boshlashdan oldin «Muloqot asoslari» kursini o`rganish kerak.
Yaxshi muloqot ko`nikmalari deyarli har qanday biznesda zarurdir. Moliyaviy xizmatlar sohasi ham bundan mustasno emas.
Moliya muassasalari - xizmat ko`rsatuvchilar bo`lib, ular uchun asosiy foyda manbai odatda mijozlardir. Har xil turdagi mijozlar bilan ishlay olish, muassasa bilan ishlaydigan barcha mijozlarda yaxshi taassurot qoldirish, shu bilan birga barcha munosib mijozlarni samarali aniqlash, jalb qilish va saqlab qolish va ularga uzoq muddatli o`zaro manfaatli hamkorlikni taklif qilish imkoniyatiga ega bo`lish muhimdir. Shubhasiz, bunday hamkorlik moliya muassasasining foyda olishini anglatadi. Bu shuni ham anglatadiki, kredit mutaxassislari, mijozlar bilan ishlovchi menejerlar va vazifasi mijozlarni jalb qilish va ushlab turishni o`z ichiga olgan boshqa front-ofis xodimlari mijozlarni tushunishlari va ulardan ehtiyojlari va imkoniyatlarini aniqlash uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni samarali va natijali olishlari kerak.
Shunday qilib, ushbu kursda siz mijozlar bilan qanday qilib samarali muloqot qilishni o`rganasiz va amaliy muloqot ko`nikmalarini mashq qilish imkoniyatiga ega bo`lasiz.
Kursni o`rganishning o`rtacha davomiyligi 2 hafta. Darslar o`rtacha 45 daqiqalik ish uchun mo`ljallangan. Haftada bitta, ko`pi bilan ikkita darsni o`rganish tavsiya etiladi.